O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

05-May-2023 1486

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Unda, respublikamizdagi 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, xalqaro ekspertlar, xususan, Finlandiya, Hindiston, Turkiya va Rossiya kabi bir qator davlat vakillari, ilm-fan fidoiylari, professorlar, ommaviy axborot vositalari, hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur konferensiyada filologiyaning dolzarb masalalari, uning rivojlanish bosqichlari va bu borada qilinayotgan ilmiy-amaliy ishlar muhokama etildi.

Shu bilan birga Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakultetining “Rus tili o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, professor Bobokulov Ismoil Turkmanovichning 60 yoshli yubileyi ham nishonlandi.

Konferensiyaning badiiy qismi yakunlanganidan so‘ng, 2-qism sho‘balarga bo‘lingan holda, quyidagi: “Filologiyaning zamonaviy muommolari va uning tatbiqlari”, “Tilshunoslik oldida turgan muhim masalalar”, “Qiyosiy tilshunoslik oldida turgan dolzarb masalalar muhokamasi”, “Jahon tilshunosligida ustuvor usullar tadqiq va ta’lim”, “Chet tillarni o’tganishning nazariy va amaliy masalalari” mavzularida davom etdi.

 

Axborot xizmati

 

1