O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil l2-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son qarori hamda 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’limga saralab olish maqsadida joriy yilning 6-may kuni O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Samarqand viloyatidagi barcha tumanlar miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida yakuniy bosqich bo‘lib o‘tdi.
Olimpidaning ochilish marosimida institut rektori A.Safarov so‘zga chiqib, barcha olimpiada ishtirokchilariga omad tilab, g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni talabalikka tavsiya etilishi haqida eslatib o‘tdi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz