O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining bir guruh yengil atletikachilari “Zomin Ultra” xalqaro yugurish marafonida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi

21-Jun-2023 1124

Jizzax viloyatining Zomin tumanida yengil atletika sport turi bo‘yicha “Zomin Ultra” xalqaro yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda, 20 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining bir guruh yengil atletikachilari ham musobaqada munosib qatnashib, yuqori natijalarni qayd etishdi.

Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Sherzod Abduvohidov 10 km masofaga yugurish bahslarida 46 daqiqa 48 soniya natija qayd etib musobaqada 4-o‘rinni, Bunyod Normurodov 46 daqiqa 47 soniya natija qayd etib musobaqada 3-o‘rinni, Akmal Ochilqulov 43 daqiqa 36 soniya natija qayd etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Nuriddin Nazarov esa, o‘z yosh toifasida 2 km masofaga yugurish bahslarida 9 daqiqayu 48 soniyada marraga yetib kelib, mazkur xalqaro musobaqaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi.

Ushbu nufuzli, xalqaro musobaqada institutimiz, viloyatimiz, qolaversa, respublikamiz sha’nini munosib himoya qilganliklari uchun yengil atletikachilarimizga chuqur minnatdorlik izhor etamiz!

 

Axborot xizmati

1