Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov hukumat qarori bilan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining yangi tayinlangan rektori Shahzoda Negmatovani instituti jamoasiga tanishtirdi. Tanishtiruv videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.
Tanishtiruv marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov va institut jamoasi ishtirok etdi. Uchrashuvda so‘z olganlar yangi tayinlangan rektorning faoliyatiga omad tilab, oliygohning ilmiy-pedagogik jamoasi bilan hamkorlikda institutning muvaffaqiyatga erishishida shijoat bilan mehnat qilishiga ishonch bildirdilar. Shuningdek, vazir ayol rektorning tayinlanishi oliy ta’limdagi gender tengligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, sohada rahbar lavozimlarni ayollar ham egallashi ayol-qizlar uchun ijobiy namuna bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz