Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

23-Aug-2023 831

Bugun, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Pastdarg‘om tumanining mahalla faollari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. 

Seminarda, institutning belgilangan professor-o‘qituvchilari tomonidan mahalla xotin-qizlari bilan ishlashning huquqiy asoslari,  ularni milliy-ma’rifiy qadriyatlar asosidagi dunyoqarashlarini oshirish tamoyillari, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning psixologik asoslari, demokratik  jamiyat barpo qilishda ayollar rolini oshirishning o‘ziga xosligi, shuningdek, xotin-qizlar orasida yuzaga kelayotga ijtimoiy muammolar va ularni bartaraf qilishda jamoat birlashmalarining vazifalari kabi masalalar yuzasidan ilmiy-nazariy, amaliy tajribalar ulashildi.

Seminar ochiq muloqot shaklida, jonli bo‘lib o‘tdi va tinglovchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, savollar va ularga berilgan javoblar mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligidan dalolat.

 

Axborot xizmati

1