O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarining borishi haqida MА'LUMOT

04-Sep-2023 3076

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son Qaroriga asosan, Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti negizida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etilgan bo‘lib, hozirda oliygohda 1-2-3-bosqich talabalari tahsil olib kelmoqda. Institutda 4-bosqich talabalari mavjud emas. 
 
O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar markazi” faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Аyni paytda, institutda talabalar kontingenti 8782 nafar bo‘lib, shundan 5272 nafar talaba kunduzgi taʼlim shaklida, 1995 nafar talaba sirtqi taʼlim shaklida, 1399 nafar talaba kechki taʼlim shaklida tahsil olmoqda.
 
Institutda mavjud bo‘lgan talabalar turar joylari quvvati 997 o‘rinni tashkil etadi. Bundan ko‘rinadiki, 2416 nafar talabalarning turar joyga bo‘lgan ehtiyoji ijara xonadonlari hisobidan qanoatlantiriladi. Bugungi kunda 456 ta o‘rin 2-3-bosqich talabalariga ijtimoiy reestr, nogironligi va mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini joylashtirish hisobiga band bo‘lgan. 1-bosqich talabalariga 541 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, 4 sentyabr soat 19:00 holatiga ko‘ra 257 nafar birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar yotoqxonaga https://my.gov.uz/ platformasi orqali tavsiyanoma bilan joylashtirildi. 284 ta o‘rin hozircha yetib kelmagan birinchi bosqich talabalari uchun rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti yuqorida qayd etilgan PQ-289-son Qarorining 13-bandida ko‘rsatilganidek, davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi oliy o‘quv yurti hisoblanadi hamda xorijiy davlatlar hisobidan emas, balki Davlat byudjeti va institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
 
Axborot xizmati

1