Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi
Anjuman institutimiz rektori Shaxzoda Negmatovaning bayram tabrigi bilan boshlandi.
Oʻqituvchilarning jamiyatimizdagi eng muhim insonlar ekanligi taʼkidlandi. Oʻtgan davr mobaynida oʻzining ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy, sport va boshqa sohalardagi faoliyatida yutuqlarga erishgan professor-oʻqituvchilarga alohida minnatdorlik bildirildi.
– Barchangizni bayram bugungi eng aziz bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizlarga sihat-salomatlik, bundan keyingi ilmiy faoliyatingizda yuksak marralar tilayman, - deya institutimiz rektori oʻz soʻzini yakunladi.
Shundan soʻng, tadbirning badiiy qismiga navbat berilib, yil davomida doimiy faol, xorijiy va ilmiy maqolalari koʻp, shuningdek, Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalari chop etilgan, shogirdlari yutuqlarga erishgan professor-oʻqituvchilarga pul mukofotlari, esdalik va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qoʻshiq va raqslar tadbirni koʻtarinki va yuqori kayfiyatda oʻtishini taʼminladi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz