Samarqand viloyatidagi OTM lar faoliyatini tanqidiy-tahliliy o’rganish jarayoni davom etmoqda.

03-Mar-2022 2894

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari faoliyati bo‘yicha tahliliy-tanqidiy o‘rganish jarayonlari boshlandi.

Mazkur o‘rganishlar orqali viloyatda ta’lim sifati va samaradorligiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni tashkil etish orqali kadrlar tayyorlash tizimining raqobatbardoshligini oshirish ko‘zlangan.

Shu maqsadda joriy yilning 3-mart kuni Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Ulug’bek Tashkenbayev va ishchi guruh vakillari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tahliliy o‘rgandi.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi  60-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda respublikadagi ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati holatini o’rganish, o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda ta’lim tashkilotlariga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish, bundan tashqari Respublika va viloyatlardagi OTM larning Ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan chora tadbirlar rejasini takomillashtirishdan iborat bo’ldi.

Tadbirda Finlandiya ta’lim tizimi haqida so’z yuritilib, ushbu hamkor davlat tajribasini O’zbekistonda keng miqyosda rivojlantirishga alohida urg’u berildi.

Tashrif davomida institut professor-o’qituvchilar bilan, Pedagogika fakultetining 1-bosqich  sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar hamda tyutorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, ushbu tashkil etilgan yangi ta’lim dargohida sifatli kadrlar sonini oshirish, mamlakatimiz pedagoglaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ularga zamonaviy texnologiya hamda innovatsiyalardan foydalangan holda o’quvchilarga ta’lim berishni o’rgatish asosiy vazifa etib belgilandi.

Axborot xizmati

1