Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 15-may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Oila – urf-odatlar, qadriyatlar, milliy an’analar qo’rg’oni” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Tarix fakulteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Rajabova Dilora Nazarovna “Jadid taraqqiyparvarlarining tafakkurida oila masalalari” mavzusida ma’ruza o’qidi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 22-noyabrdagi 90-sonli xatiga asosan intitutda tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Shu reja asosida Pedagogika fakultetining talabalari “Milly liboslar – el ko’rki” mavzusidagi badiiy bezakli sahna ko’rinishlarini taqdim qilishdi.
Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad talabalar ongida oilaning muqaddasligi, milliy urf-odat, qadriyatlar va an’analarga sodiqlik tuyg’ularini shakllantirishdan iborat.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz